KO‘KRAK BEZI SARATONI PROFILAKTIKASIDA HAMSHIRALARNING MA’RIFIY FAOLIYATI
Keywords:
ko‘krak bezi saratoni, profilaktika, hamshiralik ishi, ma’rifiy faoliyat, skrining, mammografiya, o‘z-o‘zini tekshirish, sog‘lom turmush tarzi, onkologik kasalliklar.Abstract
Ko‘krak bezi saratoni dunyo bo‘yicha ayollar orasida eng ko‘p uchraydigan onkologik kasalliklardan biri hisoblanadi. Kasallikning erta aniqlanishi va oldini olishda aholi, ayniqsa ayollar o‘rtasida profilaktik targ‘ibot ishlarini olib borish muhim ahamiyatga ega. Ushbu jarayonda hamshiralar sog‘liqni saqlash tizimining asosiy bo‘g‘inlaridan biri sifatida aholini sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish, ko‘krak bezini o‘z-o‘zini tekshirish usullarini o‘rgatish, skrining dasturlariga jalb qilish va xavf omillari haqida ma’lumot berishda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada ko‘krak bezi saratoni profilaktikasining zamonaviy jihatlari hamda hamshiralarning ma’rifiy faoliyati, uning samaradorligi va rivojlantirish istiqbollari yoritilgan.
References
Downloads
Published
2026-06-05
Issue
Section
Articles