AYOLLARDA BEPUSHTLIKNING ETIOLOGIK OMILLARI, ZAMONAVIY TASHXIS USULLARI VA PROFILAKTIKASI
Keywords:
Bepushtlik, reproduktiv salomatlik, ovulyatsiya buzilishi, endometrioz, polikistoz tuxumdon sindromi, gormonal disbalans, laparoskopiya, histeroskopiya, reproduktiv texnologiyalar, profilaktika.Abstract
Bepushtlik reproduktiv yoshdagi ayollar orasida keng tarqalgan tibbiy va ijtimoiy muammolardan biri hisoblanadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha millionlab oilalar farzand ko‘rish bilan bog‘liq qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Ayollarda bepushtlikning rivojlanishida gormonal buzilishlar, ovulyatsiya jarayonining izdan chiqishi, bachadon va bachadon naylari patologiyalari, endometrioz, yuqumli kasalliklar hamda turmush tarziga bog‘liq omillar muhim ahamiyatga ega. So‘nggi yillarda ultratovush diagnostikasi, gormonal tekshiruvlar, laparoskopiya, histeroskopiya va molekulyar-genetik tahlillar kabi zamonaviy diagnostika usullarining amaliyotga keng joriy etilishi bepushtlik sabablarini aniqlash imkoniyatlarini sezilarli darajada oshirdi. Ushbu maqolada ayollarda bepushtlikning asosiy sabablari, zamonaviy tashxislash usullari va oldini olish choralari ilmiy manbalar asosida tahlil qilingan.