BOLALAR SEREBRAL FALAJI BO‘LGAN BOLALARDA MAJMUAVIY JISMONIY REABILITATSIYA
Keywords:
bolalar serebral falaji, BSF, reabilitatsiya, kineziterapiya, fizioterapiya, massaj, Bobat terapiyasi, Vojta terapiyasi, ergoterapiya, davolovchi jismoniy tarbiya.Abstract
Bolalar serebral falaji (BSF) markaziy nerv tizimining prenatal, perinatal yoki postnatal davrda zararlanishi natijasida yuzaga keladigan va harakat, muvozanat hamda koordinatsiya buzilishlari bilan kechadigan nevrologik kasallikdir. BSF bolalarda nogironlikka olib keluvchi asosiy sabablar qatoriga kiradi. Ushbu maqolada BSF etiologiyasi, klinik shakllari, diagnostikasi hamda majmuaviy jismoniy reabilitatsiyaning zamonaviy usullari tahlil qilinadi. Kineziterapiya, fizioterapiya, massaj, davolovchi jismoniy tarbiya, Bobat terapiyasi, Vojta terapiyasi va ergoterapiyaning BSF bilan og‘rigan bolalar hayot sifatini yaxshilashdagi ahamiyati ilmiy adabiyotlar asosida yoritilgan. Tadqiqotlar natijalari majmuaviy reabilitatsiya dasturlarining bolalarning funksional mustaqilligi va ijtimoiy moslashuvini oshirishda muhim rol o‘ynashini ko‘rsatadi.