EKOLOGIK ADOLAT PARADIGMASI: IJTIMOIY-FALSAFIY TAHLIL

Authors

  • Qutliyev Shahbos Abbosovich Qutliyev Shahbos Abbosovich Author

Keywords:

ekologik adolat, xalqaro gumanitar huquq, barqaror rivojlanish, tabiat muhofazasi, ekologik siyosat, jamiyat va tabiat, ekologik xavfsizlik, global muammolar, Markaziy Osiyo, huquqiy mexanizm.

Abstract

Mazkur maqolada ekologik adolat paradigmasining ijtimoiy-falsafiy mohiyati tahlil qilinadi. Zamonaviy ekologik tahdidlarning tobora kuchayib borishi sharoitida jamiyat va tabiat o'rtasidagi munosabatlarni adolatli asosda qayta qurish masalasi dolzarb ilmiy muammo sifatida ko'rib chiqiladi. Maqolada xalqaro gumanitar huquqning ekologik normalari, davlatlararo ekologik hamkorlik mexanizmlari va barqaror rivojlanish strategiyasida ekologik adolat tamoyillarining tutgan o'rni tadqiq etiladi. Muallif ekologik adolatning ko'p darajali tuzilmasini tahlil qilib, uning milliy, mintaqaviy va global darajalarda namoyon bo'lishini ko'rsatadi. Shuningdek, O'zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlarida ekologik adolatni ta'minlashning huquqiy va ijtimoiy mexanizmlari o'rganiladi. Xulosa sifatida ekologik adolat insoniyatning kelajagini saqlab qolishning zaruriy sharti ekanligi asoslanadi.

Author Biography

  • Qutliyev Shahbos Abbosovich, Qutliyev Shahbos Abbosovich

    Toshkent davlat texnika universiteti “Falsafa va milliy g’oya” kafedrasi assistenti

References

Downloads

Published

2026-06-06