ANDIJON VILOYATIDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK FAOLIYATINI RIVOJLANISHINI MEZONLAR ASOSIDA BAHOLASH
Keywords:
kichik biznes, xususiy tadbirkorlik, iqtisodiy samaradorlik, innovatsiya, rentabellik, reyting baholash, tadbirkorlik subyektlari, innovatsion boshqaruv, hududiy rivojlanish, Andijon viloyati.Abstract
Mazkur maqolada Andijon viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining rivojlanish darajasini iqtisodiy samaradorlik mezonlari asosida baholash masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqotda mamlakatda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarning hududiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga ta’siri tahlil qilingan. Muallif tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyati innovatsion rivojlanish darajasi va iqtisodiy natijalariga ko‘ra oltita toifaga ajratilgan. Shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy samaradorligini baholash uchun innovatsion xarajatlar, innovatsiyalardan olingan daromadlar hamda rentabellik ko‘rsatkichlariga asoslangan metodik yondashuv taklif etilgan. Tadqiqot natijasida kichik biznes subyektlarini “samarasiz”, “past daraja”, “o‘rtacha daraja”, “barqaror” va “eng samarali” guruhlarga ajratishning reyting mezonlari ishlab chiqilgan hamda ularning amaliy ahamiyati asoslab berilgan.