KIBERTOVLAMACHILIK JINOYATLARINING PROFILAKTIKASINI TA’MINLASHDA HUQUQIY VA TASHKILIY CHORALARNING AHAMIYATI
Keywords:
kibertovlamachilik, profilaktika, kiberxavfsizlik, ransomware, raqamli dalil, jabrlanuvchini himoya qilish, axborot resursi.Abstract
Mazkur tezisda kibertovlamachilik jinoyatlarining profilaktikasini ta’minlashda huquqiy, tashkiliy va texnologik choralar o‘zaro bog‘liqlikda tahlil qilinadi. Kibertovlamachilikning xavfi shundaki, jinoyat sodir etilgandan keyin qo‘llanadigan jazo chorasi har doim ham yetkazilgan zararni to‘liq bartaraf eta olmaydi. Shaxsiy ma’lumotlar oshkor qilingan, korxona serverlari bloklangan yoki jabrlanuvchining raqamli obro‘siga putur yetkazilgan holatlarda zarar uzoq muddatli tus oladi. Shu sababli kibertovlamachilikka qarshi kurashda profilaktika jinoyat sodir etilgandan keyingi reaksiya emas, balki jinoyatga imkon beruvchi shart-sharoitlarni oldindan kamaytirish tizimi sifatida qaralishi lozim. Tezisda milliy qonunchilik, kiberxavfsizlik talablari, raqamli dalillarni saqlash qoidalari hamda xalqaro amaliy yondashuvlar asosida kibertovlamachilik profilaktikasining asosiy yo‘nalishlari tahlil qilinadi.