INGLIZ TILIDAGI ANTROPONIMLI PROVERBIAL FRAZEOLOGIZMLARNING SEMANTIK XUSUSIYATLARI
Keywords:
antroponim, proverbial frazeologizm, ingliz tili, semantika, frazeologik birlik, maqol, matal, lingvomadaniyat, milliy tafakkur.Abstract
Ushbu maqolada ingliz tilidagi antroponimli proverbial frazeologizmlar, ya’ni tarkibida shaxs nomlari ishtirok etgan maqol, matal va frazeologik birliklarning semantik xususiyatlari tahlil qilinadi. Antroponimlar frazeologik birliklar tarkibida oddiy atoqli ot vazifasidan chiqib, muayyan madaniy, tarixiy, diniy yoki ijtimoiy ma’nolarni ifodalovchi ramziy birlikka aylanadi. Ingliz tilida bunday birliklar xalq tafakkuri, tarixiy xotira, diniy e’tiqod, ijtimoiy munosabatlar va milliy madaniyat bilan chambarchas bog‘liq. Maqolada ingliz tilidagi antroponimli proverbial frazeologizmlar semantik jihatdan diniy-bibliyaviy obrazlar, tarixiy shaxslar, ijobiy va salbiy baho ifodalovchi birliklar, umumlashtiruvchi antroponimlar hamda hajviy-kinoyaviy ma’noli birliklar asosida tasnif qilinadi.