"NOTIQ ZONE" MOBIL ILOVASI YORDAMIDA NOTIQLIK MAHORATINI RIVOJLANTIRISH
Keywords:
mobil ilova, notiqlik mahorati, raqamli ta’lim, nutq mashqlari, video-fikr-mulohaza, mustaqil ta’lim, ta’lim texnologiyalari, kommunikativ kompetensiya, pedagogik yondashuvAbstract
Mazkur maqolada "Notiq Zone" mobil ilovasi vositasida talabalarning notiqlik mahoratini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari va metodik asoslari tahlil qilingan. Zamonaviy mobil texnologiyalarning ta’lim jarayoniga integratsiyasi talabaga istalgan vaqt va joyda mustaqil ravishda notiqlik mashqlarini bajarish, o’z nutqini yozib olish va tahlil qilish, shuningdek shaxsiy rivojlanish dinamikasini kuzatib borish imkonini beradi. Maqolada mobil ilova asosidagi mashg’ulotlarning tarkibiy elementlari-nutq mashqlari banki, ovoz va nutq tezligini tahlil qiluvchi vositalar, video-fikr-mulohaza tizimi hamda shaxsiy rivojlanish reytingi-yoritilgan. Mobil ilova texnologiyasining an’anaviy auditoriya mashg’ulotlari bilan uyg’unlikda qo’llanilishi notiqlik ta’limi samaradorligini oshirishning istiqbolli yo’nalishi sifatida asoslab berilgan.