PIYOZ (ALLIUM CEPA L.) SELEKSIYASIDA BOSHLANG‘ICH MANBALARNI O‘RGANISHNING ILMIY ASOSLARI VA SELEKSION AHAMIYATI

Authors

  • Satimov Adhamjon Umarjonovich Satimov Adhamjon Umarjonovich Author
  • Aripova Shaxnoza Raxmanovna Aripova Shaxnoza Raxmanovna Author

Keywords:

Piyoz, Allium cepa L., seleksiya, boshlang‘ich manba, genetik resurslar, genofond, nav namunalari, morfologik belgilar, xo‘jalik uchun qimmatli belgilar, mahsuldorlik, ertapisharlik, saqlanuvchanlik, urug‘chilik, seleksion baholash, genetik xilma-xillik.

Abstract

Piyoz (Allium cepa L.) dunyoda eng keng tarqalgan va iqtisodiy jihatdan muhim sabzavot ekinlaridan biri hisoblanadi. Aholining sog‘lom ovqatlanishida muhim o‘rin tutishi, qayta ishlash sanoati uchun qimmatli xomashyo bo‘lishi hamda eksportbop mahsulot sifatida yuqori ahamiyatga ega ekanligi mazkur ekin seleksiyasini yanada rivojlantirishni taqozo etadi. Yangi yuqori hosilli, ertapishar, uzoq muddat saqlanuvchi, kasallik va zararkunandalarga, shuningdek, noqulay ekologik omillarga chidamli navlarni yaratishda boshlang‘ich seleksion materiallarni har tomonlama baholash hal qiluvchi bosqich hisoblanadi.

Ushbu maqolada piyoz seleksiyasida boshlang‘ich manbalarning ahamiyati, ularni shakllantirish manbalari, mahalliy va xorijiy genetik resurslardan foydalanish imkoniyatlari hamda ularni baholash mezonlari tahlil qilingan. Shuningdek, morfologik, biologik va xo‘jalik uchun qimmatli belgilar, mahsuldorlik, ertapisharlik, saqlanuvchanlik, urug‘dorlik, abiotik va biotik omillarga chidamlilik kabi ko‘rsatkichlar bo‘yicha boshlang‘ich materiallarni o‘rganish usullari yoritilgan. Dunyo mamlakatlarida hamda O‘zbekistonda olib borilayotgan seleksiya ishlarining asosiy yo‘nalishlari tahlil qilinib, zamonaviy seleksiyada genetik xilma-xillikni saqlash va undan samarali foydalanishning ahamiyati asoslab berilgan.

Tahlillar natijasida mahalliy va xorijiy genotiplarni kompleks baholash, genetik xilma-xillikni kengaytirish hamda seleksiya jarayoniga yuqori qimmatli boshlang‘ich manbalarni jalb qilish yangi raqobatbardosh piyoz navlarini yaratish samaradorligini sezilarli darajada oshirishi aniqlangan.

Author Biographies

  • Satimov Adhamjon Umarjonovich, Satimov Adhamjon Umarjonovich

    tadqiqotchi

    Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi

  • Aripova Shaxnoza Raxmanovna, Aripova Shaxnoza Raxmanovna

    q.x.f.f.d., k.i.x.

    Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti

References

Downloads

Published

2026-08-05