TALABALAR O‘QUV MOTIVATSIYASINI DIAGNOSTIKA QILISH, TAHLIL ETISH VA UNI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI
Keywords:
o‘quv motivatsiyasi, talaba, diagnostika, ta’lim psixologiyasi, o‘quv motivatsiyasini rivojlantirish.Abstract
Maqolada talabalar o‘quv motivatsiyasining nazariy va amaliy jihatlari yoritilib, uning ta’lim jarayonidagi o‘rni, ichki va tashqi motivatsiya turlarining o‘zaro ta’siri, shuningdek o‘quv jarayonida motivatsiyani aniqlash va uning darajasini baholash metodologiyalari tahlil qilingan. Tadqiqotda o‘quv motivatsiyasini o‘lchashda zamonaviy psixologik yondashuvlar, shu jumladan Self-Determination Theory (SDT) kabi ta’lim psixologiyasi konsepsiyalari asos qilib olingan, bu talabalarning ichki intilishlarini mustahkamlash va akademik natijalarni oshirishga xizmat qiladi. SDT nazariyasi ta’limda avtonomiya, kompetentlik va ijtimoiy aloqaning ichki motivatsiyani kuchaytiruvchi omillari ekanini ko‘rsatadi.
Maqolada oliy ta’lim talabalarining o‘quv motivatsiyasini diagnostika qilish usullari (so‘rovnomalar, psixologik testlar va kuzatuvlar) va pedagogik interfaol metodlar, shu jumladan talabalarning faolligini oshiruvchi texnologiyalar tahlil qilinadi, bu ham o‘qituvchining pedagogik yondashuvini takomillashtirishga imkon yaratadi.