MAKTABGACHA YOSHDAGI O‘QUVCHILARNING BILISH FAOLLIGINI OSHIRISHDA FAOL TA’LIM METODLARIDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI
Keywords:
maktabgacha ta’lim, bilish faolligi, faol ta’lim metodlari, pedagogik imkoniyatlar, interaktiv metodlar, loyiha asosidagi faoliyat, o‘quvchi rivoji.Abstract
Mazkur tezisda maktabgacha yoshdagi o‘quvchilarning bilish faolligini oshirishda faol ta’lim metodlaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda faol ta’lim yondashuvining nazariy asoslari, maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish jarayonini rag‘batlantirishdagi roli va pedagogik samaradorligi yoritilgan. Shuningdek, faol ta’lim metodlarining turli shakllari interaktiv o‘yinlar, loyiha asosidagi faoliyat, muloqotli mashg‘ulotlar va tajriba ishlari amaliyotda qanday qo‘llanilishi va ularning o‘quvchilarning kognitiv rivojlanishiga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning bilish faolligini oshirishga qaratilgan samarali pedagogik strategiyalarni ishlab chiqishga xizmat qiladi