JIGAR SIRROZINI ERTA TASHXISLASH VA DAVOLASHDA ILG‘OR TIBBIY TEXNOLOGIYALAR
Keywords:
jigar sirrozi, sistatin C, NGAL, siydikdagi albumin, biomarkerlar, elastografiya, terlipressin, albumin, BDAT, zamonaviy farmakoterapiya.Abstract
Jigar sirrozi global miqyosda yuqori o‘lim va nogironlik ko‘rsatkichlari bilan kechuvchi, ko‘p tizimli asoratlar rivojlanishiga olib keluvchi surunkali kasallik hisoblanadi. Ushbu maqolada jigar sirrozini erta aniqlash va davolashda zamonaviy tibbiy texnologiyalarni qo‘llashning dolzarbligi tahlil qilinadi. Innovatsion diagnostik biomarkerlar, ilg‘or vizualizatsiya usullari, farmakoterapiyadagi yutuqlar hamda qo‘llab-quvvatlovchi va invaziv davolash texnologiyalarining klinik ahamiyati yoritib berilgan. Zamonaviy yondashuvlar jigar sirrozining asoratlarini erta aniqlash, kasallik prognozini yaxshilash va bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini beradi. Shaxsiylashtirilgan tibbiyot va raqamli texnologiyalarni integratsiya qilish orqali jigar sirrozi bilan og‘rigan bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam samaradorligini oshirish mumkin.