KONSTITUTSIYAVIY ISLOHOTLAR: YANGI BOSQICH VA YANGI IMKONIYATLAR

Authors

  • Xodjayeva Dildora Tuxtapulatovna Xodjayeva Dildora Tuxtapulatovna Author

Keywords:

yangi tahrir, fuqarolik jamiyati, davlat boshqaruvi, inson huquqlari, demokratik tamoyillar, siyosiy tizim, mahalliy boshqaruv, modernizatsiya.

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyati, ularning davlat boshqaruvi, ijtimoiy-siyosiy hayot va fuqarolik jamiyati rivojiga ta’siri tahlil qilinadi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiya mamlakat taraqqiyotining yangi bosqichini belgilab, inson huquqlarini yanada kafolatlash, davlat institutlarining mas’uliyatini oshirish hamda jamiyatda oshkoralik va adolat tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qilishi yoritiladi. Shuningdek, konstitutsiyaviy islohotlarning iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlarni modernizatsiya qilishdagi o‘rni, siyosiy tizimning liberallashuvi, hududlarda mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakolatlarini kengaytirish masalalari atroflicha tahlil etiladi. Maqolada O‘zbekistonning demokratik rivojlanish yo‘lini belgilovchi asosiy omillar, jumladan, parlament tizimining takomillashtirilishi, sud-huquq sohasining erkinligi, davlat xizmatlari sifatini oshirish bo‘yicha amaliy choralar va ularning natijaviyligi ilmiy yondashuv asosida ochib beriladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, konstitutsiyaviy islohotlar nafaqat davlat tizimining samaradorligini oshiradi, balki fuqarolarning siyosiy faolligi hamda huquqiy ongining yuksalishiga zamin yaratadi. Ushbu maqola yangi davr islohotlarining mohiyatini izohlash orqali O‘zbekiston taraqqiyotining istiqboldagi yo‘nalishlarini aniqlashga xizmat qiladi.

Author Biography

  • Xodjayeva Dildora Tuxtapulatovna, Xodjayeva Dildora Tuxtapulatovna

    Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy –akademik litseyi

     Davlat va huquq asoslari fani bosh o‘qituvchisi

References

Downloads

Published

2025-12-04