O'QUVCHILARDA AMALIY KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRADIGAN INTERFAOL METODLAR VA DIDAKTIK O'YINLAR
Keywords:
amaliy kompetensiyalar, interfaol metodlar, didaktik o'yinlar, innovatsion pedagogika, o'quvchilar faolligi, guruhda ishlash, muammoli vaziyat, ijodiy fikrlash, refleksiya, bilimlarni mustahkamlash.Abstract
O‘quvchilarda amaliy kompetensiyalarni shakllantirish zamonaviy ta’limning asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Hozirgi kunda dunyo tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim orqali bilim olish jarayoni o‘quvchilar uchun yanada samarali va mazmunli bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, biologiya fani o‘quvchilar hayotida katta ahamiyat kasb etadi. Chunki biologik bilimlar yordamida ular tabiat, jonli organizmlar, inson va atrof-muhit haqida to‘g‘ri tasavvur hosil qiladilar, sog‘lom turmush tarziga asos soladilar va hayotga tayyor bo‘ladilar. Bu jarayonda amaliy kompetensiyalarni shakllantirish uchun interfaol metodlar va didaktik o‘yinlarning o‘rni beqiyos. Ana shu sababli, ushbu tezisda o‘quvchilarda amaliy kompetensiyalarni shakllantiradigan samarali interfaol metodlar va didaktik o‘yinlar haqida so‘z yuritiladi.