O‘RTA YOSHDAGI ODAMLARDA KARIES KASALLIGINING DAVOLASH USULLARI VA PROFILAKTIKASI
Keywords:
Kattalar stomatologiyasi, kariyes, zamonaviy davolash, profilaktika, remineralizatsiya, lazer terapiyasi, kompozit plombalarAbstract
Ilmiy maqolada O‘rta yoshdagi odamlarda og‘iz bo‘shig’i kasalliklaridan biri bo‘lgan tish kariyesining kelib chiqish sabablari, rivojlanish mexanizmi va uni davolashning zamonaviy usullari tahlil qilinadi. Maqolada profilaktik chora-tadbirlar, gigiyena madaniyatini oshirish, shuningdek, yangi texnologiyalar yordamida amalga oshirilayotgan davolash usullari haqida ma’lumot beriladi. O‘rta yoshli bemorlar stomatologiyasida lazer terapiyasi, remineralizatsiya, kompozit materiallar bilan plombalash kabi innovatsion yondashuvlarning afzalliklari ko‘rsatib o‘tiladi. Tadqiqotda Good bye Caries klinikasida murojat bilan kelgan bemorlarning murojatlarida uchraydigan kariyesni erta aniqlashning ahamiyatini ta’kidlab, sog‘lom tish tuzilishini saqlab qolishga yo‘naltirilgan tavsiyalarni taqdim etadi.