O‘ZBEKISTONNING XALQARO KAPITAL BOZORLARIDA POZITSIYALANISHI: MARKAZIY OSIYO DAVLATLARI BILAN SOLISHTIRMA TAHLIL

Authors

  • Holov Sherali Axrorboyevich Holov Sherali Axrorboyevich Author

Keywords:

O‘zbekiston, xalqaro kapital bozori, Markaziy Osiyo, solishtirma tahlil, suveren obligatsiyalar, korporativ obligatsiyalar, evrobond, kredit reytingi, mamlakat riski, risk-premiya, investor bazasi, shaffoflik, disclosure, investor relations, bozor infratuzilmasi., Uzbekistan, international capital market, Central Asia, comparative analysis, sovereign bonds, corporate bonds, Eurobonds, credit rating, country risk, risk premium, investor base, transparency, disclosure, investor relations, market infrastructure.

Abstract

Mazkur tezisda O‘zbekistonning xalqaro kapital bozorlaridagi pozitsiyalanishi Markaziy Osiyo davlatlari kesimida solishtirma tahlil qilinadi. Tadqiqotda mintaqa mamlakatlarining xalqaro moliyalashtirish kanallaridan foydalanish ko‘lami va sifati, xususan suveren va korporativ qarz instrumentlariga chiqish amaliyoti, kredit reytinglari, risk-premiya shakllanishi, investor bazasi tarkibi hamda bozor infratuzilmasining (hisobot standartlari, disclosure, investor relations) institutsional darajasi baholanadi. Tahlil doirasida O‘zbekistonning nisbiy ustunliklari va cheklovlari aniqlanib, kapital bozorida ishonchni kuchaytirish, emissiya strategiyasini optimallashtirish, shaffoflik va prognozlilikni oshirish orqali mintaqaviy raqobatbardoshlikni mustahkamlashga qaratilgan amaliy takliflar ishlab chiqiladi. Natijada O‘zbekistonning xalqaro kapital bozorlarida barqaror, diversifikatsiyalashgan va pastroq moliyalashtirish xarajatlariga ega pozitsiyasini shakllantirishga xizmat qiladigan metodik yondashuvlar taqdim etiladi.

This thesis provides a comparative assessment of Uzbekistan’s positioning in international capital markets in the context of Central Asian countries. The study evaluates the scale and quality of the region’s use of international financing channels, with particular attention to access practices for sovereign and corporate debt instruments, credit ratings, risk premium formation, investor base composition, and the institutional maturity of market infrastructure (financial reporting standards, disclosure, and investor relations). Within this framework, Uzbekistan’s relative strengths and constraints are identified, and practical recommendations are developed to enhance regional competitiveness by strengthening market confidence, optimizing issuance strategy, and improving transparency and predictability. As a result, the thesis presents methodological approaches that can support Uzbekistan in achieving a more stable and diversified position in international capital markets with lower financing costs.

Author Biography

  • Holov Sherali Axrorboyevich, Holov Sherali Axrorboyevich

    PhD

References

Downloads

Published

2026-02-03