PACHKAMAR SUV OMBORI EKPLUATATSION SAMARADORLIGINI OSHIRISH

Authors

  • Xursanov Shahzod Buron o‘g‘li Xursanov Shahzod Buron o‘g‘li Author

Keywords:

Pachkamar suv ombori, ekspluatatsion samaradorlik, texnik holatni baholash, gidrotexnika inshootlari, irrigatsiya tizimi, suv resurslarini boshqarish, gidrologik monitoring, filtratsiya jarayonlari, loyqa to‘planishi.

Abstract

Ushbu maqolada Pachkamar suv omborining ekspluatatsion samaradorligini oshirish va uning texnik holatini kompleks baholash masalalari chuqur tahlil qilindi. Maqolada suv omborining gidrologik rejimi, suv sig‘imi, to‘lish-bo‘shash dinamikasi, gidrotexnika inshootlarining konstruktiv xususiyatlari va ularning hozirgi ekspluatatsiya sharoitidagi ishonchliligi o‘rganildi. Suv omborida suv resurslaridan foydalanish darajasi, irrigatsiya tarmoqlariga berilayotgan suvning barqarorligi, havza geometriyasining vaqt mobaynida o‘zgarishi hamda loyqa to‘planishi jarayonlari ilmiy nuqtayi nazardan baholandi. Zamonaviy monitoring usullari - masofaviy zondlash (DZZ), gidrometrik kuzatuvlar, deformatsion o‘lchovlar va matematik modellashtirish usullari qo‘llanilib, suv omborining hozirgi texnik holati aniq mezonlar asosida baholandi. Gidravlik inshootlarning xavfsizlik darajasi, filtratsion jarayonlarning intensivligi, dambaning barqarorlik ko‘rsatkichlari va suv chiqarish tizimlarining ishlash qobiliyati bo‘yicha ilmiy asoslangan natijalar olindi.

Author Biography

  • Xursanov Shahzod Buron o‘g‘li, Xursanov Shahzod Buron o‘g‘li

    Qarshi davlat texnika universiteti magistranti

References

Published

2026-03-03