KAM TA’MINLANGAN OILALARNI IJTIMOIY HIMOYA QILISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI
Keywords:
ijtimoiy himoya, kam ta’minlangan oila, Yagona ijtimoiy reyestr, Inson markazlari, manzillilik, ijtimoiy shartnoma, kambag‘allikni qisqartirish.Abstract
Ushbu tezisda O‘zbekiston Respublikasida kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari, so‘nggi yillarda qabul qilingan strategik hujjatlar va joriy etilayotgan yangi mexanizmlar asosida tahlil qilinadi. Tizimni takomillashtirishning eng muhim yo‘nalishi sifatida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimining joriy etilishi va uning negizida oilalarni ijtimoiy-iqtisodiy ahvoliga qarab toifalarga ajratish (davlat ta’minotidagi oila, kambag‘al oila va kambag‘allik chegarasidagi oila) amaliyoti ko‘rib chiqiladi. Tezisda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari faoliyati va ijtimoiy yordamni mahalla darajasida tashkil etish, xususan, ijtimoiy xodimlar tomonidan oilalar uchun Individual rivojlanish rejalarini ishlab chiqishning ahamiyati yoritiladi.