PROFILAKTIKA INSPEKTORINING “JINOYAT O’CHOQLARI” HISOBLANGAN JOYLARDA PROFILAKTIKA CHORA-TADBIRLARNI TAKOMILLASHTIRISH

Authors

  • JUMAYEV LAZIZBEK JUMAYEV LAZIZBEK Author
  • VOXOBJONOV DILMUROD VOXOBJONOV DILMUROD Author

Keywords:

profilaktika inspektori, jinoyat o‘choqlari, huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktik chora-tadbirlar, jinoyatchilik sabablari, kriminogen vaziyat, hududiy xavfsizlik, aholi bilan hamkorlik, individual profilaktika, axborot texnologiyalari, huquqni muhofaza qilish organlari.

Abstract

Mazkur ilmiy ishda profilaktika inspektorining jinoyat o‘choqlari sifatida e’tirof etiladigan hududlarda profilaktik chora-tadbirlarni tashkil etish va ularni takomillashtirish masalalari har tomonlama tahlil qilingan. Tadqiqotda kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan hududlarni aniqlash mezonlari, jinoyatchilikning kelib chiqishiga sabab bo‘layotgan ijtimoiy, iqtisodiy va psixologik omillar chuqur o‘rganilgan. Shuningdek, ushbu hududlarda profilaktika inspektorining faoliyati samaradorligini oshirish, aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan tizimli yondashuvlar yoritilgan.

Ishda profilaktika inspektorining fuqarolar, mahalla institutlari va boshqa hamkor tashkilotlar bilan o‘zaro aloqalarini mustahkamlash, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, xavf guruhiga kiruvchi shaxslar bilan individual ishlash uslublarini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Shu bilan birga, jinoyat o‘choqlarida monitoring va tahlil ishlarini olib borish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Author Biographies

  • JUMAYEV LAZIZBEK, JUMAYEV LAZIZBEK

    HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI

    FAOLIYATI KURSANTI

  • VOXOBJONOV DILMUROD, VOXOBJONOV DILMUROD

    HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI

    KAFEDRASI O’QITUVCHISI

References

Downloads

Published

2026-05-03