PROFILAKTIKA INSPEKTORI TOMONIDAN FUQAROLAR MOL-MULKINI JINOIY TAJOVUZLARDAN HIMOYA QILISHDA ICHKI ISHLAR ORGANLARINING QO’RIQLASH XIZMATLARI BILAN O’ZARO HAMKORLIGINI TAKOMILLASHTIRISH

Authors

  • MAHAMMADISMANOV SAYFIDDIN MAHAMMADISMANOV SAYFIDDIN Author
  • VOXOBJONOV DILMUROD VOXOBJONOV DILMUROD Author

Keywords:

Profilaktika inspektori, jinoiy tajovuz, mol-mulk himoyasi, qo‘riqlash xizmatlari, ichki ishlar organlari, hamkorlik mexanizmlari, jinoyatchilikka qarshi kurash, profilaktika, xavfsizlik, jamoat tartibi, huquqbuzarliklarning oldini olish, integratsiya, axborot almashinuvi.

Abstract

Mazkur maqolada profilaktika inspektorlarining fuqarolar mol-mulkini jinoiy tajovuzlardan himoya qilishdagi o‘rni hamda ichki ishlar organlarining qo‘riqlash xizmatlari bilan o‘zaro hamkorligini takomillashtirish masalalari tahlil qilinadi. Shuningdek, mavjud muammolar, hamkorlikdagi kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqiladi. Muallif tomonidan profilaktika faoliyatini kuchaytirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va tizimlararo integratsiyani rivojlantirish orqali jinoyatchilikni kamaytirish yo‘llari asoslab berilgan.

Bugungi kunda fuqarolar mol-mulkini jinoiy tajovuzlardan himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu jarayonda profilaktika inspektorlarining o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki ular hududlarda jinoyatchilikning oldini olish, aholi bilan bevosita ishlash va xavfsizlikni ta’minlashda asosiy bo‘g‘in hisoblanadi. Shu bilan birga, ichki ishlar organlarining qo‘riqlash xizmatlari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish mazkur faoliyatning samaradorligini yanada oshiradi.

Author Biographies

  • MAHAMMADISMANOV SAYFIDDIN, MAHAMMADISMANOV SAYFIDDIN

    HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI

    FAOLIYATI KURSANTI

  • VOXOBJONOV DILMUROD, VOXOBJONOV DILMUROD

    HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI

    KAFEDRASI O’QITUVCHISI

References

Downloads

Published

2026-05-03