O‘ZBEKISTONDA ZA'FARON YETISHTIRISH ISTIQBOLLARI VA BIOTEXNOLOGIK YONDASHUVLARI

Authors

  • Durdiyeva Yulduzxon Shavkat qizi Durdiyeva Yulduzxon Shavkat qizi Author

Keywords:

Za’faron (Crocus sativus L) to‘qima madaniyati, mikropropagatsiya, mikrokormlar biotexnologiya, ziravor o‘simliklar, dorivor o‘simliklar, O‘zbekiston, tuproq-iqlim sharoiti, stigma, eksport, barqaror ishlab chiqarish, za’faron klasteri, ko‘paytirish usullari.

Abstract

Za’faron (Crocus sativus L) dunyodagi eng qimmatbaho ziravor va dorivor o‘simliklardan biri bo‘lib, uning stigmalari farmatsevtika, oziq-ovqat, parfyumeriya va kosmetologiya sanoatida keng qo‘llaniladi. Ushbu maqola O‘zbekistonning tuproq-iqlim sharoitida za’faron yetishtirishning hozirgi holatini, iqtisodiy va ekologik istiqbollarini tahlil qiladi hamda an’anaviy ko‘paytirish usullarining cheklovlarini bartaraf etishda biotexnologik yondashuvlar (to‘qima madaniyati, mikropropagatsiya, mikrokormlar induktsiyasi) ning rolini ko‘rib chiqadi.Chet el ilmiy adabiyotlari (mikropropagatsiya bo‘yicha optimallashtirish tadqiqotlari) va o‘zbekistonlik olimlarning ishlariga (Tokhtaev va boshq.,2018;Usmanov, 2023) asoslanib, za’faron klasterlarini kengaytirish, eksport hajmini oshirish va barqaror ishlab chiqarishni ta’minlash yo‘llari taklif etiladi.Natijalar shuni ko‘rsatadiki, biotexnologik usullar an’anaviy usullarga nisbatan 10-20 baravar tezroq ko‘paytirish imkonini beradi va O‘zbekistonni global za’faron bozorida yetakchi aylantirishi mumkin.

Author Biography

  • Durdiyeva Yulduzxon Shavkat qizi, Durdiyeva Yulduzxon Shavkat qizi

    ToshDAU — Dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasi yo‘nalishi magistri

References

Downloads

Published

2026-05-24