O’ZBEKISTON IQTISODIYOTI RIVOJLANISHIDA TURIZMNING AHAMIYATI
Keywords:
turizm, iqtisodiyot, O‘zbekiston turizmi, iqtisodiy rivojlanish, xizmatlar sohasi, investitsiya, infratuzilma, madaniy turizm, ziyorat turizmi, xalqaro hamkorlik, yalpi ichki mahsulot, ish o‘rinlari, eksport xizmatlari.Abstract
Mazkur maqolada O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda turizm sohasining tutgan o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Turizm bugungi kunda jahon iqtisodiyotining eng daromadli va tez rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri bo‘lib, mamlakat iqtisodiy taraqqiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Maqolada O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosi, qadimiy shaharlari, milliy qadriyatlari hamda tabiiy resurslari turizm rivojining asosiy omillari sifatida yoritilgan. Shuningdek, mustaqillik yillarida turizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan davlat siyosati, infratuzilmani takomillashtirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va yangi ish o‘rinlarini yaratish masalalari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot davomida turizmning mamlakat yalpi ichki mahsuloti, xizmatlar sohasi va xalqaro iqtisodiy aloqalardagi o‘rni tahlil qilinadi. Bundan tashqari, ziyorat, ekologik, gastronomik va madaniy turizm yo‘nalishlarining iqtisodiy samaradorligi ham yoritiladi. Maqola yakunida O‘zbekistonda turizmni yanada rivojlantirishning istiqbollari hamda mavjud muammolar bo‘yicha ilmiy xulosalar beriladi. Tadqiqot natijalari turizmning iqtisodiy o‘sishni ta’minlashdagi strategik ahamiyatini ochib beradi.