AHOLI DAROMADLARI VA HAYOT SIFATI O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIKNI STATISTIK BAHOLASH
Keywords:
aholi daromadlari, hayot sifati, turmush darajasi, farovonlik, daromadlar tengsizligi, Gini koeffitsiyenti, korrelyatsiya tahlili, regressiya modeli, inson taraqqiyoti indeksi.Abstract
Mazkur maqolada aholi daromadlari va hayot sifati o‘rtasidagi bog‘liqlik statistik hamda ekonometrik usullar asosida tadqiq etilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasida aholi daromadlari darajasining o‘zgarishi va uning hayot sifati ko‘rsatkichlariga ta’sirini baholashdan iborat. Tadqiqot jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi, Jahon banki hamda BMT Taraqqiyot Dasturi ma’lumotlaridan foydalanilgan. Daromadlar, iste’mol xarajatlari, kambag‘allik darajasi, inson taraqqiyoti indeksi va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi bog‘liqlik korrelyatsiya va regressiya tahlillari yordamida baholangan. Tadqiqot natijalari aholi daromadlari va hayot sifati o‘rtasida statistik jihatdan ahamiyatli musbat bog‘liqlik mavjudligini ko‘rsatadi. Shuningdek, daromadlar tengsizligining ortishi hayot sifati ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. Olingan natijalar aholi farovonligini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish va inklyuziv iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratilgan davlat siyosatini takomillashtirish uchun ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.