OIV/OITS BILAN YASHOVCHI BEMORLARDA MOSLASHUVCHANLIK KO‘NIKMASINI OSHIRISH VA REABILITATSION CHORALAR QO‘LLASHNING TIBBIY-PSIXOLOGIK ASOSLARI
Keywords:
OIV, OITS, adaptatsiya, reabilitatsiya, psixologik yordam, stress, stigma, ijtimoiy moslashuv.Abstract
Mazkur maqolada OIV/OITS bilan yashovchi bemorlarda moslashuvchanlik (adaptatsiya) ko‘nikmalarini rivojlantirish va reabilitatsion choralarni takomillashtirishning tibbiy-psixologik jihatlari tahlil qilindi. Tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha 2022–2025-yillar hamda 2026-yilning dastlabki 3 oyida OIV infeksiyasi aniqlangan shaxslar haqidagi statistik ma’lumotlardan foydalanildi. Natijalar OIV infeksiyasining yillik aniqlanish ko‘rsatkichlari nisbatan barqaror bo‘lib qolayotganini, kasallikning erkaklar orasida ko‘proq uchrashini hamda kasallik bilan yashovchi shaxslar uchun kompleks tibbiy-psixologik reabilitatsiya dasturlarini joriy etish zarurligini ko‘rsatdi. Tadqiqotda 2022–2026 yillar epidemiologik ma’lumotlari, xalqaro ilmiy manbalar hamda WHO va UNAIDS tavsiyalari tahlil qilindi.Mazkur maqola OIV/OITS bilan yashovchi bemorlarda moslashuvchanlik (resilience), psixologik adaptatsiya va kompleks reabilitatsiya mexanizmlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda 2022–2026 yillar epidemiologik ma’lumotlari, xalqaro ilmiy manbalar hamda WHO va UNAIDS tavsiyalari tahlil qilindi.