YENGIL SANOAT KORXONALARIDA TEJAMKOR ISHLAB CHIQARISHNING XALQARO MODELI
Keywords:
tejamkor ishlab chiqarish, lean manufacturing, yengil sanoat, kaizen, 5s, lean six sigma, toyota production system, ishlab chiqarish samaradorligi, raqobatbardoshlik, kpi, industry 4.0, lean 4.0, to‘qimachilik sanoati, operatsion mukammallik, ishlab chiqarish boshqaruvi.Abstract
Mazkur maqolada yengil sanoat korxonalarida “tejamkor ishlab chiqarish” (Lean Manufacturing) konsepsiyasini joriy etishning xalqaro tajribasi va uning O‘zbekiston sharoitida qo‘llash imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda Yaponiya, Xitoy, Bangladesh, Turkiya va Germaniya tajribalari asosida Lean tizimining asosiy elementlari — Kaizen, 5S, Just-in-Time, Kanban, Value Stream Mapping va Lean Six Sigma usullarining samaradorligi o‘rganilgan. Shuningdek, yengil sanoatda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, resurslardan oqilona foydalanish, mahsulot sifatini yaxshilash hamda eksport salohiyatini kuchaytirishda Lean konsepsiyasining o‘rni ochib berilgan. Tadqiqot natijalari O‘zbekistonda yengil sanoat korxonalarida tejamkor ishlab chiqarishni joriy etish uchun institutsional islohotlar, malakali kadrlar tayyorlash, KPI tizimlarini shakllantirish va raqamli texnologiyalarni integratsiya qilish zarurligini ko‘rsatadi. Muallif tomonidan yengil sanoatda Lean Manufacturing konsepsiyasini bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.