XORAZM SHEVALARINING HOZIRGI GEOGRAFIK TARQALISHI VA ICHKI DIFFERENSIALLASHUVI

Authors

  • Dilorom Abdusharipova Dilorom Abdusharipova Author

Keywords:

Xorazm shevalari, Xorazm lahjasi, dialektologiya, qadimgi turkiy til, o‘g‘uz-qipchoq unsurlari, fonetik xususiyatlar, grammatik tizim, leksik qatlam, arxaik unsurlar, o‘zbek adabiy tili, til aloqalari, madaniy meros.

Abstract

Maqolada Xorazm shevalarining hududiy tarqalishi, ichki dialektal guruhlari hamda ularning fonetik, grammatik va leksik xususiyatlari atroflicha tahlil qilinadi. Xorazm shevalarining Urganch–Xiva, Gurlan–Bog‘ot, Qo‘shko‘pir–Xonqa hamda Turkmaniston xorazmiylari lahjalari misolida o‘ziga xos jihatlari yoritiladi. Tadqiqotda Xorazm shevalarining qadimgi turkiy, o‘g‘uz va qipchoq til qatlamlari bilan bog‘liqligi, fonetik arxaizmlar va grammatik shakllarning saqlanishi ilmiy manbalar asosida ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, Xorazm shevalari va o‘zbek adabiy tili o‘rtasidagi tarixiy va madaniy aloqalar, Xorazm adabiy muhitining adabiy til shakllanishiga qo‘shgan hissasi ochib beriladi. Maqolada Xorazm shevalarining zamonaviy holati, ularning ijtimoiy-madaniy hayotdagi o‘rni va globalizatsiya sharoitidagi rivojlanish istiqbollari ham tahlil qilinadi.

Author Biography

  • Dilorom Abdusharipova, Dilorom Abdusharipova

    Urganch innovatsion universiteti oʻqituvchisi

References

Downloads

Published

2026-06-03