OILA MUSTAHKAMLIGI — JAMIYAT BARQARORLIGI ASOSI: ZAMONAVIY MUAMMOLAR VA SHARQONA TARBIYA MEZONLARI
Keywords:
oila, ajrim, huquqiy savodxonlik, noto‘liq oila, sharqona tarbiya, ma’naviy yuksalish, jamiyat barqarorligi.Abstract
Ushbu maqolada oila institutining jamiyat poydevori va milliy ma’naviyatni shakllantirishdagi o‘rni Konstitutsiyaviy-huquqiy hamda ijtimoiy-pedagogik prizma orqali tahlil qilingan. Maqolada yosh oilalar o‘rtasidagi ajrimlarning statistik ko‘rsatkichlari, ularning kelib chiqish sabablari (huquqiy savodxonlikning pastligi, ijtimoiy va maishiy muammolar) hamda parokanda oilalarning voyaga yetmaganlar jinoyatchiligiga ta’siri yoritilgan. Muammoning yechimi sifatida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish zarurati asoslab berilgan. Shuningdek, maqolada oila mustahkamligini ta’minlashda Amir Temur, Kaykovus, Fitrat kabi buyuk mutafakkirlarning o‘gitlari va sharqona an’anaviy tarbiya usullarining bugungi kundagi dolzarbligi ilmiy jihatdan ochib berilgan.