ATROF MUHIT MUHOFAZASI SOHASIDA JAMOATCHILIK ISHTIROKINI TA'MINLASHNING HUQUQIY MASALALARI

Authors

  • Abbos Abdullayev Shayman o‘g‘li Abbos Abdullayev Shayman o‘g‘li Author

Keywords:

Atrof muhit muhofazasi, jamoatchilik ishtiroki, ekologik huquqlar, ekologik demokratiya, barqaror rivojlanish, yashil iqtisodiyot, ekologik nazorat, ekologik axborot, fuqarolik jamiyati, iqlim o‘zgarishi.

Abstract

Mazkur maqolada atrof muhitni muhofaza qilish sohasida jamoatchilik ishtirokini ta’minlashning huquqiy asoslari va amaliy mexanizmlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda global ekologik muammolar — iqlim o‘zgarishi, havo ifloslanishi, suv resurslarining kamayishi hamda chiqindilar boshqaruvi masalalari inson huquqlari bilan uzviy bog‘liqligi nuqtayi nazaridan yoritiladi. O‘zbekiston misolida muzliklar qisqarishi, transport tashlamalarining ortishi va atmosfera ifloslanishi kabi dolzarb muammolar statistik ma’lumotlar asosida ko‘rib chiqiladi.

Tadqiqot natijasida atrof muhitni muhofaza qilish samaradorligi bevosita jamoatchilikning faol ishtiroki, ochiq axborot almashinuvi va huquqiy mexanizmlarning amaliy ishlashi bilan bog‘liqligi asoslab beriladi hamda sohani takomillashtirish yuzasidan takliflar ilgari suriladi.

Author Biography

  • Abbos Abdullayev Shayman o‘g‘li, Abbos Abdullayev Shayman o‘g‘li

    Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi

References

Downloads

Published

2026-06-03