MARKAZIY OSIYO MAMLAKATLARIDA RAQAMLI MOLIYAVIY INKLYUZIVLIKNING QIYOSIY TAHLILI VA MINTAQAVIY INTEGRATSIYA ISTIQBOLLARI
Keywords:
Moliyaviy inklyuzivlik, raqamli moliya, Markaziy Osiyo, mintaqaviy integratsiya, fintech, mobil banking, raqamli to‘lov tizimlari, CBDC, moliyaviy savodxonlik.Abstract
Ushbu tezis Markaziy Osiyo mamlakatlari - O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston - misolida raqamli moliyaviy inklyuzivlikning rivojlanish darajasini qiyosiy tahlil qilish va mintaqaviy moliyaviy integratsiya imkoniyatlarini baholashga qaratilgan. Tadqiqotning asosiy muammosi sifatida mintaqadagi mamlakatlar o‘rtasida moliyaviy xizmatlardan foydalanish darajasidagi sezilarli tafovutlar, raqamli to‘lov tizimlarining o‘zaro muvofiqlashmaganligi va mintaqaviy moliyaviy integratsiyani tezlashtiruvchi yagona mexanizmning mavjud emasligi belgilangan. Asosiy natijalar shuni ko‘rsatadiki, mintaqada moliyaviy inklyuzivlikning o‘sish sur’ati so‘nggi besh yilda sezilarli tezlashgan bo‘lsa-da, raqamli to‘lov infratuzilmasi, moliyaviy savodxonlik darajasi va tartibga solish tizimlaridagi farqlar mintaqaviy integratsiyaga jiddiy to‘siq bo‘lib qolmoqda. Muallif tomonidan mintaqaviy moliyaviy inklyuzivlikni baholashning ko‘rsatkichlar tizimi va mintaqalararo raqamli to‘lov interoperabelligini ta’minlashning bosqichli mexanizmi taklif etilgan.