ABDULLA QODIRIYNING O‘TKAN KUNLAR ROMANIDA MILLIY QADRIYATLAR VA OILAVIY MUNOSABATLAR TALQINI

Authors

  • Xushvaqtova Nilufar Ergash qizi Xushvaqtova Nilufar Ergash qizi Author

Keywords:

O‘zbek adabiyoti, milliy qadriyat, oilaviy munosabat, O‘tkan kunlar romani, Abdulla Qodiriy, badiiy obraz, ma’naviyat, tarbiyaviy adabiyot.

Abstract

Mazkur maqolada Abdulla Qodiriyning O‘tkan kunlar romani asosida o‘zbek milliy qadriyatlari hamda oilaviy munosabatlarning badiiy talqini ilmiy-tahliliy jihatdan o‘rganiladi. Maqolada Otabek va Kumush timsolidagi sog‘lom oilaviy munosabatlar, Yusufbek hoji obrazidagi otaviy masuliyat hamda Zaynab obrazi orqali ochib berilgan oilaviy ziddiyatlar batafsil tahlil qilinadi. Romanda aks ettirilgan milliy qadriyatlar: mehmondostlik, or-nomus, sadoqat, sabr-toqat va kattalarni hurmat badiiy obrazlar orqali korsatiladi. Tadqiqot natijalari shuni korsatadiki, Abdulla Qodiriy faqat tarixiy voqealarni tasvirlamay, balki milliy tarbiya va oilaviy barqarorlikning badiiy konsepsiyasini ham yaratgan. Xulosa sifatida roman bugungi kunda ham milliy qadriyatlarni asrash va oilaviy axloqni mustahkamlashda muhim tarbiyaviy manba ekanligi ta'kidlanadi.

References

Downloads

Published

2026-06-07