KREDIT MODUL TIZIMINING NAZARIY VA HUQUQIY ASOSLARI
Keywords:
kredit-modul tizimi, ECTS, modul, kredit, talaba markazlashgan ta’lim, kompetensiya, baholash tizimi, normativ-huquqiy baza, oliy ta’lim, ta’lim islohoti.Abstract
Ushbu ilmiy maqolada kredit-modul tizimining nazariy mohiyati, uning asosiy strukturaviy elementlari hamda O‘zbekiston Respublikasida tizimni joriy etishning huquqiy-me’yoriy bazasi chuqur tahlil qilingan. Tadqiqotda nazariy tahlil, qiyosiy-huquqiy tahlil, kontent tahlili va sistemali yondashuv metodlaridan foydalanildi. Xalqaro tajribalar, xususan, ECTS kredit tizimi tamoyillari asosida kredit va modulning ta’lim jarayonidagi funksional ahamiyati aniqlashtirildi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, kredit-modul tizimi talaba markazlashgan o‘qitish, kompetensiyaga yo‘naltirilgan yondashuv, mustaqil ta’lim ulushining oshishi va baholashning shaffofligini ta’minlashda samarali mexanizm hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilishga qaratilgan prezident farmon va qarorlari hamda OTMlarda kredit-modul tizimini joriy etish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar tahlili mazkur tizimning huquqiy asoslari yetarli darajada shakllanganini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, amaliyotda baholash mezonlarining turlicha qo‘llanishi, o‘quv yuklamaning ayrim fanlarda nomutanosib taqsimlanishi, modul dasturlarining to‘liq optimallashtirilmaganligi kabi muammolar qayd qilindi. Tadqiqot yakunida tizimni yanada takomillashtirishga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.