QASHQADARYO VILOYATIDA TIBBIY XIZMATLARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARINI OSHIRISH: INFRATUZILMA, KADRLAR VA RAQAMLI YECHIMLAR
Keywords:
Sog‘liqni saqlash; Qashqadaryo viloyati; tibbiy xizmatlar; kadrlar salohiyati; raqamli tibbiyot.Abstract
Ushbu tezisning maqsadi Qashqadaryo viloyatida mustaqillik yillarida sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilgan islohotlar natijasida tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari va ularning samaradorligida yuz bergan o‘zgarishlarni tahlil qilishdan iborat. Tadqiqotda tarixiy-qiyosiy, statistik va tizimli tahlil usullaridan foydalanilib, viloyatda tibbiyot muassasalari tarmog‘ining kengayishi, kadrlar taqsimoti, infratuzilmaviy imkoniyatlar hamda raqamli tibbiy xizmatlarni joriy etish jarayonlari o‘rganildi. Tahlil natijalari Qashqadaryo viloyatida tibbiy xizmatlar qamrovi kengayganini ko‘rsatishi bilan birga, chekka hududlarda kadrlar yetishmovchiligi, tor ixtisoslikdagi xizmatlardan foydalanish imkoniyatining cheklangani va raqamli yechimlarni yanada rivojlantirish zarurligini asoslab beradi.