LOKAL TARMOQLARDA WPA3 STANDARTI ORQALI TARMOQ HUJUMLARINING (MITM VA DOS/DDOS) OLDINI OLISH STRATEGIYALARI

Authors

  • Toshtemirov Xojiakbar Qahramon o’g’li Toshtemirov Xojiakbar Qahramon o’g’li Author
  • Ma’rufov Sardorbek Bahromjon o’g’li Ma’rufov Sardorbek Bahromjon o’g’li Author

Keywords:

WPA3, SAE (Dragonfly), PMF, Man-in-the-Middle (MitM), DoS/DDoS hujumlari, kiberxavfsizlik, lokal tarmoqlar, deautentifikatsiya, Wi-Fi xavfsizligi.

Abstract

Ushbu ilmiy maqolada zamonaviy lokal tarmoqlarda axborot xavfsizligini ta‘minlashning eng muhim bo‘g‘ini bo‘lgan WPA3 (Wi-Fi Protected Access 3) standartining imkoniyatlari, xususan, Man-in-the-Middle (MitM) va xizmat ko‘rsatishni rad etish (DoS/DDoS) hujumlariga qarshi kurashish strategiyalari chuqur ilmiy tahlil qilingan. Simsiz tarmoqlarning jadal rivojlanishi va IoT qurilmalarining keng ommalashishi fonida an‘anaviy WPA2 standartining zaifliklari, ayniqsa KRACK va oflayn lug‘at hujumlari keskin xavf tug‘dira boshladi. Men ushbu tadqiqotda WPA3 arxitekturasiga kiritilgan SAE (Simultaneous Authentication of Equals) protokoli qanday qilib tajovuzkorlarga tarmoq trafigini yashirin eshitishga (sniffing) to‘sqinlik qilishini, PMF (Protected Management Frames) texnologiyasi esa boshqaruv freymlarini shifrlash orqali deautentifikatsiya hujumlarini qanday qilib to‘liq neytrallashini xalqaro va mahalliy adabiyotlar tahlili orqali isbotlab berdim. Tadqiqot xulosalari shuni yaqqol ko‘rsatadiki, korporativ va shaxsiy tarmoqlarda WPA3 ga o‘tish nafaqat kriptografik himoyani kuchaytiradi, balki hujum qilingan taqdirda ham ma‘lumotlar yaxlitligini kafolatlovchi barqaror infratuzilmani yaratadi.

Author Biographies

  • Toshtemirov Xojiakbar Qahramon o’g’li, Toshtemirov Xojiakbar Qahramon o’g’li

    Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti “Arxitektura va raqamli texnologiyalar” kafedrasi katta o’qituvchisi

  • Ma’rufov Sardorbek Bahromjon o’g’li, Ma’rufov Sardorbek Bahromjon o’g’li

    Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti

    “Axborot tizimlari va texnologiyalari” yo'nalishi 2-kurs talabasi

References

Downloads

Published

2026-07-02