TUG‘RUQDAN KEYINGI ASORATLAR, TURLARI, SABABLARI, BELGILARI
Keywords:
Tug‘ruqdan keyingi davr, postpartum asoratlar, qon ketish, endometrit, mastit, tromboz, psixologik buzilish, intensiv terapiya, profilaktika.Abstract
Ushbu maqolada tug‘ruqdan keyingi davrda uchrashi mumkin bo‘lgan asoratlar, ularning kelib chiqish sabablari, klinik belgilari, tashxis qo‘yish va davolash usullari hamda zamonaviy tibbiyotdagi yondashuvlar yoritilgan. Tug‘ruqdan keyingi davr — ayol organizmi uchun murakkab fiziologik o‘zgarishlar davri bo‘lib, bu bosqichda infeksion, gemorragik, tromboembolik va psixologik asoratlar rivojlanishi mumkin. Maqolada tug‘ruqdan keyingi qon ketish, infeksiyalar, bachadon subinvolyutsiyasi, sut bezlari yallig‘lanishi, trombozlar va ruhiy buzilishlar haqida batafsil ma’lumot berilgan. Shuningdek, zamonaviy diagnostika va davolash tamoyillari, intensiv terapiya imkoniyatlari hamda profilaktik chora-tadbirlar muhokama qilingan.
References
Downloads
Published
2026-02-19
Issue
Section
Articles