BUYUK TARIXIY DARYOLAR BO‘YIDA TASHKIL TOPGAN SIVILIZATSIYALARDA “DAVR”NING YUZ BERISH MEXANIZMI
Keywords:
jamiyat, taraqqiyot, “davr”, sug‘orma dekqonchilik, Shar jamyatlari, yirik daryo tamaddunlari, kichik daryo tamaddunlari.Abstract
Jamiyat taraqqiyoti tarixi turli jamiyatlarda turlicha ko‘rinishda rivojlanib borishi bugungi ilmiy jamoatchilik e’tiboridagi muhim masalalardan biri hisoblanadi. Shu sababli ko‘plab olimlar, faylasuflar, sotsiologlar va tarixchilar mazkur masalani turli omillar bilan bog‘lagan holda izohlashga harakat qilib kelmoqdalar. Ushbu mavzuga oid tadqiqotlarning ko‘pligi ilmiy jamoatchilikni to‘liq qanoatlantira oladigan yoki barcha jamiyatlarning taraqqiyot jarayonini har tomonlama ilmiy asosda izohlab bera oladigan yagona nazariy yondashuv hali to‘liq shakllanmaganligini ko‘rsatadi. Ma’lumki, ilmiy izlanishlar uzluksiz takomillashib borar ekan, avvalgi tadqiqotlarning yutuq va kamchiliklari ham yanada yaqqol namoyon bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan, mazkur maqolada Sharq mamlakatlari tarixidagi ayrim tamaddunlarning tarixiy rivojlanish jarayonlariga alohida e’tibor qaratilib, ularning o‘ziga xos taraqqiyot xususiyatlari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi.