O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ENERGETIKA TIZIMINI MODERNIZATSIYA QILISHNING ISTIQBOLLI YO‘NALISHLARI
Keywords:
elektr energetikasi, raqamli boshqaruv tizimlari, smart grid, masofadan monitoring, quyosh energiyasi, energiya tejamkorligi, infratuzilma modernizatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi.Abstract
Maqolada O‘zbekiston Respublikasi energetika sohasining bugungi holati tahlil qilinib, elektr energiyasi ta’minotini barqaror va ishonchli tashkil etish bo‘yicha kompleks yondashuv taklif etilgan. Mualliflar tomonidan energetika infratuzilmasini bosqichma-bosqich yangilash, raqamli boshqaruv va masofadan monitoring tizimlarini joriy etish, quyosh va shamol kabi qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish, sanoat va turar-joy sektorlarida energiya tejamkor texnologiyalardan foydalanish, shuningdek xalqaro hamkorlik va investitsiyalarni jalb etish masalalari ko‘rib chiqilgan. Olib borilgan tahlil natijasida taklif etilayotgan chora-tadbirlar majmuasi mamlakatda elektr energiyasi sifati va ishonchliligini oshirishga, tarmoqdagi yo‘qotishlarni kamaytirishga va energetika sohasining uzoq muddatli barqaror rivojlanishiga xizmat qilishi asoslab berilgan.