INSONNING QON GURUHINI ANIQLASHDA ZAMONAVIY USULLARNI QO‘LLASH
Abstract
Qon tananing harakatchan ichki muhiti bo‘lib, nisbatan doimiy tarkibga ega, shu bilan birga tananing normal ishlashini ta’minlaydigan ko‘plab muhim turli funksiyalarni bajaradi. Ko‘pgina immun moddalar tug‘ilish va hatto homila paytidan boshlab qonning doimiy tarkibiy qismidir. Bularga odamlar va hayvonlarning “qon guruhlari”ga mansubligini yaratadigan izoagglyutininlar kiradi: agar bir odamdan bir tomchi qon zardobi boshqa odamni bir tomchi zardobi bilan aralashtirilsa, birinchisining eritrotsitlari bir biriga yopishadi. Ushbu hodisa agglyutinatsiya reaksiyasi deb ataladi va ikkinchi shaxsning zardobida maxsus immun moddasi - agglyutinin va birinchisining qonida - agglyutinogen mavjudligidan kelib chiqadi. Iinsonning qon guruhini aniqlashda laboratoriyalarida shaxs identifikatsiya qilish uchun qon guruhini aniqlash asosan AB0 tizimidagi antigenlarni differensiatsiya orqali amalga oshiriladi. Shu maqsadda alfa, beta va geteroimmun zardoblarga qarshi anti-0, anti-A va anti-B, ba’zan esa alohida zardoblardan foydalaniladi.