MEHNAT UNUMDORLIGINI YAXSHILASH FAKTORLARI VA REZERVLARNI ANIQLASH YO'LLARI
Keywords:
mehnat unumdorligi, mehnat resurslari, ishlab chiqarish samaradorligi, mehnatni tashkil etish, iqtisodiy rezervlar, rag‘batlantirish tizimi, ish haqi, sanoat korxonalari, inson kapitali, boshqaruv samaradorligi, texnologik yangilanish, mehnat unumdorligini oshirish omillari.Abstract
Mazkur maqolada mehnat unumdorligini yaxshilash omillari va uni oshirish rezervlarini aniqlash masalalari zamonaviy iqtisodiy rivojlanish sharoitida ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan keng yoritilgan. Mehnat unumdorligiga ta’sir etuvchi texnik-texnologik, tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy omillar tizimli ravishda tahlil qilingan. Statistik ma’lumotlar asosida sanoat korxonalarida mehnat unumdorligining yillar bo‘yicha o‘zgarishi, ish haqi darajasi va ishlab chiqarish hajmi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik aniqlangan. Shuningdek, mehnat unumdorligini oshirish imkoniyatlari mavjud bo‘lgan ichki va tashqi rezervlar aniqlanib, ulardan samarali foydalanish yo‘llari asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari korxonalarda mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan boshqaruv qarorlarini ilmiy asoslashda muhim ahamiyat kasb etadi.