BTEC VA MILLIY TAʼLIM STANDARTLARINI SUNʼIY INTELLEKT YORDAMIDA INTEGRATSIYALASH IMKONIYATLARI
Keywords:
BTEC, milliy taʼlim standarti, sunʼiy intellekt, kasb-hunar taʼlimi, kompetensiya, oʻquv natijalari, semantik moslashtirish, adaptiv taʼlim, tabiiy tilni qayta ishlash.Abstract
Mazkur maqolada Buyuk Britaniyaning BTEC (Business and Technology Education Council) xalqaro kasb-hunar taʼlimi standartlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi milliy davlat taʼlim standartlarini sunʼiy intellekt texnologiyalari yordamida integratsiyalash imkoniyatlari tahlil qilingan. Ikki standart oʻrtasidagi tarkibiy va konseptual farqlar oʻrganilib, ularni uygʻunlashtirishda tabiiy tilni qayta ishlash (NLP), mashinali oʻqitish va generativ sunʼiy intellekt vositalarining oʻrni asoslab berilgan. Muallif tomonidan oʻquv natijalari va malaka talablarini semantik moslashtirishga asoslangan uch bosqichli integratsiya modeli ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari sunʼiy intellekt oʻquv dasturlarini xaritalash, baholashni avtomatlashtirish va koʻp tilli oʻquv kontentini yaratish jarayonlarida sezilarli samaradorlik berishini koʻrsatadi.