ALISHER NAVOIY “SADDI ISKANDARIY” ASARINING ADABIY-ESTETIK VA AXLOQIY-FALSAFIY TAHLILI

Authors

  • Raxmatullayeva Rahbarxon Rustam qizi Raxmatullayeva Rahbarxon Rustam qizi Author

Keywords:

Alisher Navoiy, Saddi Iskandariy, doston, adabiy tahlil, falsafiy qarashlar, ma’naviy qadriyatlar, axloqiy tarbiya, Iskandar obrazi, Sharq adabiyoti, badiiy mahorat.

Abstract

Mazkur ilmiy maqolada Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy” dostoni adabiy, falsafiy va ma’naviy-axloqiy jihatdan tadqiq etiladi. Asarning o‘zbek adabiyoti taraqqiyotidagi o‘rni, uning badiiy mahorati, didaktik mazmuni hamda insonparvarlik g‘oyalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda dostonning poetik xususiyatlari, jumladan, metafora, ramziy tasvirlar, qiyoslash va boshqa badiiy vositalarning qo‘llanishi yoritilgan. Shuningdek, Iskandar obrazining tarixiy, ma’naviy va falsafiy talqini ham ko‘rib chiqiladi. Doston tarkibidagi adolat, ezgulik, axloqiy komillik va inson kamoloti haqidagi qarashlarning o‘zbek adabiy tafakkuriga ta’siri ochib beriladi. Maqolada asarning tarixiy-madaniy ahamiyati, Sharq adabiy an’analari rivojiga qo‘shgan hissasi hamda bugungi davr o‘quvchilari uchun dolzarbligi asoslab berilgan.

Author Biography

  • Raxmatullayeva Rahbarxon Rustam qizi, Raxmatullayeva Rahbarxon Rustam qizi

    Toshkent transport texnikumi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi

References

Downloads

Published

2026-06-16