BOBUR LIRIK ASARLARIDA TABIAT ESTETIKASI VA VATANDAN AYRILIQ IZTIROBLARI

Authors

  • Mirzamatova Shohistaxon Murodiljon qizi Mirzamatova Shohistaxon Murodiljon qizi Author
  • A'zamova Xursanoy Azizxon qizi A'zamova Xursanoy Azizxon qizi Author

Keywords:

Zahiriddin Muhammad Bobur, g‘azal, tabiat obrazi, Vatan sog‘inchi, mumtoz adabiyot, poetik tahlil, milliy o‘zlik, ona yurt, badiiy motiv, she’riyat.

Abstract

Mazkur maqolada Zahiriddin Muhammad Boburning g‘azaliy ijodida tabiat manzaralari va Vatan sog‘inchi motivlarining badiiy ifodasi tahlil etiladi. Bobur she’riyatida tabiat tasvirlari, jumladan, gullar, tog‘lar, daryolar va turli fasl manzaralari shoirning ichki kechinmalari, ruhiy holati hamda insoniy tuyg‘ularini ifodalovchi poetik vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Shoir ijodida Vatan sog‘inchi esa ona yurtga bo‘lgan cheksiz mehr, milliy o‘zlikni anglash va hijron iztiroblari bilan uyg‘un holda aks etadi.

Maqolada Bobur g‘azallarida tabiat va vatan sog‘inchi mavzularining o‘zaro aloqasi, ularning badiiy tasvir vositalari orqali yoritilish xususiyatlari tadqiq qilinadi. Shuningdek, mazkur motivlarning o‘zbek mumtoz adabiyotidagi badiiy-estetik ahamiyati hamda bugungi ma’naviy-ma’rifiy hayotdagi dolzarbligi ochib beriladi.

Author Biographies

  • Mirzamatova Shohistaxon Murodiljon qizi, Mirzamatova Shohistaxon Murodiljon qizi

    Farg‘ona tumani 2-son texnikumi Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi

  • A'zamova Xursanoy Azizxon qizi, A'zamova Xursanoy Azizxon qizi

    Farg‘ona tumani 2-son texnikumi Ingliz tili fani o‘qituvchisi

References

Downloads

Published

2026-06-16