O‘QUVCHILARNING INNOVATSION VA TADBIRKORLIK SALOHIYATINI OSHIRISHDA BIZNES REJANING AHAMIYATI
Keywords:
tadbirkorlik, biznes reja, biznes asoslari, iqtisodiy tafakkur, tadbirkorlik kompetensiyasi, amaliy ko‘nikmalar, moliyaviy savodxonlik, kasbiy ta’lim.Abstract
Mazkur ilmiy maqolada texnikum o‘quvchilarida tadbirkorlik kompetensiyalarini shakllantirish jarayonida biznes reja tuzishning o‘rni va ahamiyati pedagogik nuqtai nazardan tahlil qilingan. Tadqiqotda biznes-rejalashtirish faoliyatining o‘quvchilarda iqtisodiy tafakkurni rivojlantirish, mustaqil fikrlash va qaror qabul qilish qobiliyatini shakllantirish, moliyaviy bilimlarni oshirish hamda amaliy tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi imkoniyatlari yoritilgan.
Maqolada biznes asoslari fanini o‘qitish jarayonida biznes reja ishlab chiqish bosqichlarini samarali tashkil etish, o‘quvchilarning ijodiy va tashabbuskorlik qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan metodik tavsiyalar berilgan. Tadqiqot natijalari biznes-rejalashtirishni ta’lim jarayoniga joriy etish o‘quvchilarning kelajakdagi kasbiy faoliyatiga tayyorgarligini oshirishda muhim vosita ekanligini ko‘rsatadi.