TIBBIYOTNI RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA HAMSHIRALIK HUJJATLARINI ELEKTRON YURITISHNING AFZALLIKLARI VA YUZAGA KELAYOTGAN MUAMMOLAR
Keywords:
raqamli tibbiyot, hamshiralik hujjatlari, elektron sogʻliqni saqlash kartasi, hamshiralik parvarishi, texnologik muammolar, klinik samaradorlik, tibbiy kiberxavfsizlik.Abstract
Ushbu maqolada sogʻliqni saqlash tizimini raqamlashtirish sharoitida hamshiralik hujjatlarini elektron shaklda yuritishning dolzarb masalalari tahlil qilingan. Elektron hamshiralik tarixi (EHT) va elektron sogʻliqni saqlash kartalarining joriy etilishi hamshiralar ish faoliyatining samaradorligini oshirish, vaqtni tejash hamda klinik qarorlar qabul qilish jarayonlarini qanchalik tezlashtirishi amaliy jihatdan yoritilgan. Shu bilan birga, texnologik infratuzilmaning yetishmovchiligi, hamshiralarning raqamli savodxonlik darajasi, kiberxavfsizlik va dasturiy taʼminotning murakkabligi bilan bogʻliq tizimli muammolar va ularning yechimlari muhokama qilingan. Maqola hamshiralik ishi asoslari fani doirasida raqamli tibbiyot integratsiyasini yaxshilashga qaratilgan amaliy tavsiyalarni oʻz ichiga oladi.