INGLIZCHA-O‘ZBEKCHA TERMINOLOGIK LUG‘ATLARNI YARATISHDA LINGVODIDAKTIK TAMOYILLAR
Keywords:
terminologiya, lingvodidaktika, termin lug‘ati, ingliz tili, o‘zbek tili, tarjima, metodika, ilmiy lug‘at, didaktik mezon, soha leksikasi, ekvivalentlik, zamonaviy adabiyot.Abstract
Mazkur tezisda inglizcha-o‘zbekcha terminologik lug‘atlarni tuzishda lingvodidaktik tamoyillarni belgilash va tadqiq etish masalasi tahlil qilinadi. Hozirgi globallashuv sharoitida soha terminologiyasini uzviy va aniq tarjima qilish, ularni zamonaviy bilim va metodik yondashuvlar asosida tenglikda yoritish, ingliz va o‘zbek tillari lug‘at-didaktik muammolarini ilmiy asoslash dolzarb bo‘lib bormoqda. Tezisda lug‘at tuzishda ilmiy-texnik sohalar, fan va tarmoq xususiyatlarini hisobga olish, lingvo-terminologik muammolar, so‘z birikmalari va qisqartmalarni to‘g‘ri aks ettirish, shuningdek, zamonaviy lingvodidaktik mezonlar asosida lug‘at tuzishning ahamiyati yoritiladi. O‘zbek tilidagi yoki ingliz tilidagi terminlarning uslubiy va semantik to‘liqligini saqlash, tarjima nazariyasi va didaktik yondashuvlarni uyg‘unlashtirish, lug‘atlarni zamonaviy o‘qitish va o‘rganishda samarali qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar beriladi.