SURUNKALI YURAK YETISHMOVCHILIGI BO‘LGAN BEMORLARDA HAMSHIRALIK KUZATUVINING SAMARADORLIGI
Keywords:
surunkali yurak yetishmovchiligi, hamshiralik parvarishi, hamshiralik kuzatuvi, reabilitatsiya, hayot sifati, yurak-qon tomir kasalliklari, monitoring, profilaktika.Abstract
Surunkali yurak yetishmovchiligi (SYuY) dunyo bo‘ylab keng tarqalgan yurak-qon tomir kasalliklaridan biri bo‘lib, bemorlarning hayot sifatini sezilarli darajada pasaytiradi hamda nogironlik va o‘lim ko‘rsatkichlarining ortishiga sabab bo‘ladi. Kasallikning uzoq muddatli kechishi bemorlardan muntazam davolanish, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish va doimiy tibbiy nazoratni talab etadi. Ushbu jarayonda hamshiralik kuzatuvi muhim ahamiyat kasb etadi. Hamshiralarning muntazam monitoringi, bemorlarni o‘qitishi, dori vositalarini qabul qilishni nazorat qilishi va psixologik qo‘llab-quvvatlashi davolash samaradorligini oshiradi. Ushbu maqolada surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda hamshiralik kuzatuvining ahamiyati, uning asosiy yo‘nalishlari va klinik samaradorligi tahlil qilinadi.