SHIZOFRENIYA KASALLIGI, KLINIK KECHISHI, TURLARI, VA HAMSHIRALIK PARVARISHI
Keywords:
Shizofreniya, produktiv simptomlar, negativ simptomlar, gallyusnatsiya, paranoid, gebefreniya, katatoniya, hamshiralik parvarishi, ruhiy reabilitatsiya, psixoedukatsiya.Abstract
Ushbu ilmiy maqolada ruhiy xastaliklar ichida eng murakkab, surunkali va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan shizofreniya kasalligi chuqur tahlil qilinadi. Maqolada kasallikning zamonaviy etiopatogenetik tasavvurlari, klinik kechish bosqichlari hamda uning asosiy klinik shakllari (paranoid, gebefrenik, katatonik va rezidual turlari) keng yoritilgan. Shuningdek, shizofreniya bilan og‘rigan bemorlarni statsionar va ambulator sharoitda davolash, ularni tizimli reabilitatsiya qilish hamda hayot sifatini yaxshilashda hamshiralik parvarishining o‘rni, o‘ziga xos taktik xususiyatlari hamda terapevtik muloqot strategiyalari batafsil bayon etilgan. Maqola tibbiyot oliygohlari professor-o‘qituvchilari, psixiatriya yo‘nalishi mutaxassislari va oliy ma’lumotli hamshiralar uchun mo‘ljallangan.