BINAR TOʻQIMA TOLALAR ARALASHMASINI KIMYOVIY TAHLIL QILISH USULINING ILMIY-ASOSIY XUSUSIYATLARI VA BOJXONA EKSPERTIZASIDA QOʻLLANILISHI

Authors

  • Dautov B.B. Dautov B.B. Author
  • Abduganiyev B.Yo. Abduganiyev B.Yo. Author

Keywords:

toʻqima tolalar, binar aralashma, oqsilli tolalar, kimyoviy eritish, KOH, bojxona ekspertizasi, FTIR, UV-Vis.

Abstract

Mazkur ilmiy tezisda binar toʻqima tolalar aralashmasining kimyoviy tarkibini aniqlashning selektiv eritish usuli keng qamrovda oʻrganilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi toʻqimachilik mahsulotlari tarkibidagi oqsilli tolalarning miqdoriy ulushini aniqlash hamda ularning boshqa tolalar bilan aralashmadagi nisbatini ilmiy asosda baholashdan iborat.

Tadqiqot metodologiyasi sifatida ishqoriy muhitda selektiv eritish prinsipi qoʻllanilib, 8,5 % li kaliy gidroksidi eritmasi asosiy reaktiv sifatida ishlatildi. Shuningdek, usulning bojxona ekspertizasi, sertifikatlashtirish, mahsulotlarni tasniflash va markirovka nazoratida qoʻllanishi, natijalarni FTIR va UV-Vis spektroskopiyasi yordamida tasdiqlash imkoniyatlari asoslab berildi.

References

Downloads

Published

2026-07-01