JADIDLAR MEROSINI AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZLARIDA RAQAMLASHTIRISH VA BIBLIOGRAFIK TARG‘IB ETISH: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR HAMDA MILLIY MA'NAVIY TARAQQIYOT OMILLARI
Keywords:
jadidchilik, jadidlar merosi, axborot-kutubxona markazi, axborot-bibliografiya xizmati, bibliografik ko‘rsatkich, raqamlashtirish, elektron katalog, virtual ko‘rgazma, o‘lkashunoslik, raqamli kutubxona.Abstract
Mazkur maqolada jadidchilik harakatining ma'rifiy merosi hamda uni zamonaviy axborot-kutubxona markazlari faoliyati orqali asrash, bibliografik jihatdan tizimlashtirish va raqamli muhitda ommalashtirish masalalari ilmiy-amaliy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Jadidlarning milliy uyg‘onish, ta'lim, matbuot va kitobxonlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi bugungi axborot-kutubxona faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bilan uyg‘un holda yoritiladi. Shuningdek, elektron kataloglar, raqamli kolleksiyalar, virtual ko‘rgazmalar, bibliografik ma'lumotlar bazalari hamda sun'iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish orqali jadidlar merosini yosh avlod orasida keng targ‘ib etish imkoniyatlari ochib beriladi. Muallif tomonidan axborot-bibliografiya xizmatini takomillashtirish, o‘lkashunoslik fondlari negizida jadidlar merosini tizimli shakllantirish va foydalanuvchilarga innovatsion axborot xizmatlarini ko‘rsatishga oid ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.