XORIJ SUGʻURTA KOMPANIYALARI MOLIYAVIY BARQARORLIGINI TA’MINLASHNING IJOBIY TAJRIBALARIDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI
Abstract
Bugungi globallashuv jarayonlari va moliyaviy bozorlardagi keskin raqobat sharoitida sug‘urta kompaniyalari faoliyatida moliyaviy barqarorlikni ta’minlash nafaqat milliy, balki xalqaro miqyosda ham e’tibor markazida turibdi.
Xususan, sug‘urta bozori rivojlangan mamlakatlar tajribasi, jumladan AQSH, Yaponiya, Germaniya va Singapur kabi davlatlarda shakllangan ilg‘or amaliyotlar sug‘urta kompaniyalarining barqaror faoliyatini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu davlatlarda qo‘llanilayotgan to‘lov qobiliyatini baholash mezonlari, kapital yetarliligini ta’minlashdagi talablar, investitsiya faoliyatini diversifikatsiyalash bo‘yicha talablar hamda riskka asoslangan kapital hisobi kabi metodologik yondashuvlar sug‘urta tashkilotlarining iqtisodiy barqarorligini mustahkamlashda asosiy omil bo‘lib xizmat qilmoqda.