QO‘QON XONLIGI TARIXIDA MADANIY MUHITNING SHAKLLANISHI VA TARAQQIYOT OMILLARI
Keywords:
Qo‘qon xonligi, tarix, madaniy muhit, madaniy meros, milliy qadriyatlar, ilm-fan, adabiyot, san’at, me’morchilik, madrasalar, ma’rifat, savdo aloqalari.Abstract
Ushbu maqolada Qo‘qon xonligi mavjud bo‘lgan davrda madaniy muhitning qaror topishi, taraqqiy etishi hamda uning o‘ziga xos xususiyatlari tadqiq etiladi. XVIII asr boshlaridan XIX asrning ikkinchi yarmigacha Markaziy Osiyo tarixida muhim o‘rin egallagan Qo‘qon xonligining siyosiy va madaniy hayotdagi mavqeyi yoritiladi. Xususan, Qo‘qon shahrining ilm-fan va madaniyat markazi sifatidagi ahamiyati, adabiyot, tasviriy va amaliy san’at hamda me’morchilik yo‘nalishlarida erishilgan natijalar tahlil qilinadi. Shuningdek, madrasalar faoliyati, ilmiy-ma’rifiy muhit, shoirlar va mutafakkirlarning ijodiy merosi orqali xonlikda ilm-fan va madaniyat rivojiga ta’sir ko‘rsatgan omillar ochib beriladi. Qo‘qonning savdo yo‘llari orqali boshqa mintaqalar bilan olib borgan aloqalari, madaniyatlararo munosabatlar va o‘zaro tajriba almashinuvi masalalariga ham e’tibor qaratiladi. Bundan tashqari, mazkur davrda barpo etilgan me’moriy yodgorliklar va xalq amaliy san’atining taraqqiyoti yoritiladi. Maqolada Qo‘qon xonligining boy madaniy merosi, uning ilmiy va badiiy yutuqlari hamda ushbu merosning bugungi avlod uchun tarixiy-ma’naviy ahamiyati asoslab beriladi.